Tudor Modrichning o'yini chiqmasligiga umid qilmoqda

Igor Tudor Luka Modrich "Yuventus"ga qarshi yomon o'yin ko'rsatishiga umid qilmoqda.
Tudor murabbiylik qilayotgan "Yuventus" ertaga 40 yoshli Modrich to'p tepayotgan "Milan"ga qarshi maydonga tushadi.
"Men u bilan terma jamoada ishlaganman. Modrich mamlakatimiz tarixiga kirdi va hech kim hech qachon unga tenglasha olmaydi. U 40 yoshda, eng yuqori darajada o'ynayapti va men u bilan faxrlanaman. Umid qilamizki, ertaga u yomon o'yin ko'rsatadi", - dedi Tudor.