"Yuventus" bosh murabbiyi Igor Tudor "Latsio"dan uchralgan mag'lubiyatdan (0:1) so'ng intervyu berdi.

"Keksa sinora" qatorasiga uchinchi o'yinda yutqazdi. G'alabasiz seriya sakkizta o'yinga etdi.

"Og'ir palla, lekin hamjihat bo'lib ishlashimiz kerak. Tayyorgarlik to'g'ri bo'ldi, lekin yana nimadir etishmadi. Raqib jarima maydoniga etib boryapmiz, ammo gol ura olmayapmiz. O'yinlarni yutqazishga sabab bo'luvchi xatolarga yo'l qo'yishda davom etyapmiz.

Men o'zim haqimda o'ylamayman. Men qo'limdan kelganini qilaman, muammolarni hal qilishga harakat qilaman. Mening kelajagim hozir hech qanday qiziqish uyg'otmayapti," - dedi Tudor.

"Yuventus" A Seriya turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda.