TsSKA La Liganing ayni vaqtdagi uchinchi eng yaxshi to'purari uchun 30 million evro to'lashga tayyor edi

«Real», «Barselona» va bir nechta APL grandi ko'z ostiga olgan «Levante» hujumchisi Etta Eyong yaqinda Moskva klubi taklifini rad etgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda GiveMeSport xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, TsSKA ispan klubiga 30 million evro taklif qilgan va 22 yoshli kamerunlik forvardga ancha yuqori maosh va'da etilgan. Ammo Eyong Rossiyaga ko'chib o'tishni xohlamagan.
Joriy mavsumda u 12ta o'yinda 6ta gol urdi va 3ta golli uzatma berdi. Hozirda u La Liganing eng yaxshi to'purarlari orasida uchinchi o'rinda bormoqda — faqat Xulian Alvares va Kilian Mbappedan keyin.