TsSKA "Barselona", "Liverpul" va "Bavariya" klublarining sobiq yarim himoyachisi Filippe Koutinoni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda "Sport-ekspress" xabar bermoqda.

Avvalroq, 33 yoshli futbolchi "Vasko da Gama" bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilgan edi. Ayni damda Koutino erkin agent maqomida.

Braziliyalik yarimhimoyachi klubdagi faoliyatida "Liverpul" safida 201ta o'yin o'tkazgan. Ushbu uchrashuvlarda u 54 ta gol va 44 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, 33 yoshli xavbekning transfer narxi 3,5 mln evroni tashkil qilmoqda.