Tsimikas "Liverpul"ning asosiy tarkibidagi o'rin uchun kurashish niyatida

"Roma"da ijara muddatidan so'ng "Liverpul"ga qaytayotgan himoyachi Konstantinos Tsimikas "qizillar" safida o'zini ko'rsatishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o'zining ijtimoiy tarmoq sahifasida xabar berdi.
Himoyachi Endryu Robertsonning ketishi Tsimikasga "mersisaydliklar"ning asosiy tarkibida o'zini ko'rsatishga yordam berishi mumkin. Yanvar oyida ingliz klubi gretsiyalik hujumchini ijaradan muddatidan oldin qaytarishga harakat qilgan edi, ammo "Roma" o'rniga boshqa futbolchi topa olmagani uchun rad javobini bergan.
O'tgan mavsumda 25 ta o'yinda Tsimikas bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning transfer qiymati 4,5 million evroni tashkil qiladi.