Anatoliy Trubin Chempionlar Ligasida gol urgan beshta darvozabondan biriga aylandi.

"Benfika"ning ukrainalik futbolchisi umumiy bosqichda "Real"ga qarshi o'yinning 98-daqiqasida gol urdi va jamoaning pley-offga chiqishiga yordam berdi.

Bungacha EChLda Ivan Provedel («Latsio», 2023), Vinsent Enema («Xapoel» Tel-Aviv, 2010), Sinan Bolat («Standard», 2009) va Xans-Yorg Butt («Bavariya», 2009; «Bayer», 2002; «Gamburg», 2000) gol urgan.

Shuningdek, Trubin evrokuboklarda "Real" darvozasini ishg'ol qilgan ilk darvozabonga aylandi.