Trossard "Arsenal"da rekord natija qayd etmoqda

"Arsenal" futbolchisi Leandro Trossard yana zaxiradan maydonga tushib, o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Chempionlar ligasi doirasida "Atletik" Bilbaoga qarshi safar o'yinida Mikel Arteta belgiyalik futbolchini 65-daqiqada maydonga tushirdi. 72-daqiqada vinger hisobni ochgan Gabriel Martinellining goliga assistentlik qilgan bo'lsa, 87-daqiqada o'zi gol urib, "kanonirlar"ning g'alabasini mustahkamladi - 2:0.
Opta xabariga ko'ra, Trossar 2023 yil boshida klubga kelganidan beri zaxiradan maydonga tushgan holda "Arsenal"ning 14 ta golida (10+4) bevosita ishtirok etgan - bu ko'rsatilgan davrda APLning barcha vakillari orasida eng yaxshi ko'rsatkichdir.
Londonliklar 21 sentyabr, yakshanba kuni Angliya chempionati doirasida "Manchester Siti" mehmoni bo'ladi.