Tripperning «Vulverxempton»ga o'tishi bo'yicha tafsilotlar ma'lum bo'ldi

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, «Nyukasl» himoyachisi Kiran Tripper shartnoma muddati tugaganidan so'ng «Vulverxempton»ga o'tadi.
Romano Sky Sports jurnalisti Kit Daunining ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, Angliya terma jamoasining sobiq a'zosi «bo'rilar» bilan ikki yillik bitim imzolaydi, unda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish optsiyasi ham mavjud.
Joriy APL mavsumida Tripper «Nyukasl» safida 21 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi va uchta sariq kartochka oldi.