«Nyukasl» himoyachisi Kiran Tripper faoliyatini «Vulverxempton»da davom ettiradi. Sky Sports xabariga ko'ra, tomonlar shartnoma imzolash borasida kelishuvga erishib bo'lgan.

35 yoshli futbolchi yangi klubga erkin agent sifatida o'tadi. U «bo'rilar» bilan ikki yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Tripperning «Nyukasl» bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning 30 iyunida yakuniga etadi, shundan so'ng tajribali ingliz himoyachisi kompensatsiya to'lovisiz yangi jamoaga qo'shilishi mumkin bo'ladi.

Yakunlangan mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga to'rtta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.