Tripper shartnoma imzolagan bo'lsa-da, “Vulverxempton”ga o'tishdan bosh tortishi mumkin

Hafta boshida “Vulverxempton” himoyachi Kiran Tripperning transferini e'lon qilgan edi — 35 yoshli futbolchi 1 iyuldan kuchga kirishi kerak bo'lgan shartnomaga qo'l qo'ygandi. Biroq oradan bir necha kun o'tib, “bo'rilar” kutilmaganda bosh murabbiy Rob Edvardsni lavozimidan bo'shatdi.
Endilikda Tripper o'zini aldangandek his qilmoqda, chunki uning “Vulverxempton”ga o'tish qarorida aynan Edvards qo'l ostida o'ynash asosiy omil bo'lgan edi, mutaxassis futbolchini o'z jamoasida ko'rishni juda ham xohlagandi.
Sky Sports nashrining xabar berishicha, hozirda Tripper o'z variantlarini, jumladan, hali kuchga kirishga ulgurmagan shartnomani bekor qilish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Vulverxempton” Premer-ligada 20-o'rinni egallab, Chempionshipga ravona bo'lgan edi.