Trent: «Mourino yangi mavsumda «Real»ga sovrinlar yutishda yordam beradi»

«Real» himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold Madrid klubining yangi bosh murabbiyi Joze Mourino qo'l ostidagi mashg'ulotlar haqida gapirib o'tdi.
«Mourino bilan mashg'ulotlar juda yaxshi o'tmoqda. Men doimo unga qoyil qolganman, u bilan va uning murabbiylar shtabi bilan ishlash — katta zavq. Ish tamoyillari va talablar juda yuqori, u bizni nimalarga o'rgatishini intiqlik bilan kutyapman. Mourinyu yangi mavsumda bizga sovrinlar yutishda yordam beradi», — deya Trentning so'zlarini keltiradi Madrid Extra.
Eslatib o'tamiz, bu Joze Mourinoning «Real»ga ikkinchi qaytishi. Avvalroq u Madrid klubini 2010 yildan 2013 yilgacha boshqargan. Uning qo'l ostida «Qirollik klubi» La Liga, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar