Madridning "Real" klubi himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold Chempionlar ligasida "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

"Siti" ustidan g'alaba qozonish juda yoqimli, ular mendan va "Liverpul"dan Premer-liganing ko'plab medallarini tortib olishgan! Bu erga qaytish ajoyib, menga doim bu erda o'ynash yoqardi. "Manchester Siti" har doim yuqori darajadagi klub bo'lib kelgan", — dedi Trent TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Trent — "Liverpul" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi o'tgan yozda "Real" safiga ko'chib o'tgan edi.