Trent Aleksandr-Arnold qachon maydonga qaytishi ma'lum bo'ldi

"Real" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold terma jamoalar o'yinlari uchun ajratilgan tanaffusdan keyin maydonga qaytishi mumkin.
«Real» himoyachisi Chempionlar ligasi doirasida «Marsel»ga (2:1) qarshi o'yinda sonining orqa qismidan jarohat olgan edi. Avvalroq angliyalik futbolchi 6–8 haftaga safdan chiqqani haqida xabar berilgandi.
Marca ma'lumotlariga ko'ra, Trent to'liq tiklanishi va oktyabr oyidagi terma jamoalar o'yinlari tanaffusi yakuniga etguncha safga qaytishi kutilmoqda.
Tanaffusdan keyingi ilk bahsda «Real» «Xetafe»ga qarshi maydonga tushadi. La Liganing 9-tur o'yini 19 oktyabrda bo'lib o'tadi.
Manba: sports.ru