Usmon Dembele Lionel Messining natijasini takrorladi.

"PSJ" vingeri "Oltin to'p-2025" sohibiga aylandi. Shuningdek, bu yil uning jamoasi trebl qayd etdi: chempionat, Frantsiya kubogi va Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.

Faqatgina Lionel Messi trebldan so'ng France Football’dan sovrin olishga muvaffaq bo'lgandi. Argentinalik futbolchi buni ikki marta - 2009 va 2015 yillarda amalga oshirgan.