Transfermarkt: Oston O'runov — Eron chempionatining eng qimmat futbolchisi, Masharipov TOP-10'likda

Transfermarkt internet-portali Eron chempionatida harakat qilayotgan futbolchilarning yangilangan narxlarini e'lon qildi.
Unga ko'ra, hozirda "Persepolis" safida to'p tepayotgan o'zbekistonlik vinger Oston O'runov 2 million evro narx bilan liganing eng qimmat o'yinchisi bo'lib turibdi.
"Istiqlol"da harakat qilayotgan boshqa bir hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov esa 1,2 million evro narx bilan kuchli o'nlikni yakunlab berdi.

Manba: Transfermarkt