Transfermarkt O'zbekiston chempionatining eng qimmat futbolchilarini ma'lum qildi (top-10)

Transfermarkt portali O'zbekiston chempionatida o'ynayotgan futbolchilarning transfer qiymatlarini yangiladi va Superliganing eng qimmat futbolchilari reytingini taqdim etdi.
Ro'yxatda birinchi o'rinni «Nasaf» klubining 25 yoshli darvozaboni Abduvohid Ne'matov egalladi. Uning transfer qiymati 1,5 million evroga baholanmoqda.
Ikkinchi pog'onadan Akmal Mozgovoy joy oldi. Uning qiymati 100 ming evroga oshib, 1,4 million evroga etdi. Uchinchi o'rinni esa Hojiakbar Alijonov egalladi — uning bozor narxi ham 100 ming evroga ko'tarilib, 1,3 million evroni tashkil qildi.
Etakchilar orasida eng katta o'sish Dostonbek Hamdamovda kuzatildi. Uning transfer qiymati darhol 300 ming evroga oshdi.
O'zbekiston Superligasining eng qimmat 10 nafar futbolchisi quyidagicha ko'rinish oldi:
-
Abduvohid Ne'matov («Nasaf») — 1,5 mln evro
-
Akmal Mozgovoy («Paxtakor») — 1,4 mln evro
-
Hojiakbar Alijonov («Paxtakor») — 1,3 mln evro
-
Sherzod Nasrullaev («Paxtakor») — 1,2 mln evro
-
Lyupcho Doriev («So'g'diyona») — 1,2 mln evro
-
Hojimat Erkinov («Paxtakor») — 1 mln evro
-
Jamshid Iskanderov («Neftchi») — 1 mln evro
-
Dostonbek Hamdamov («Paxtakor») — 900 ming evro
-
Ruslan Jiyanov («Navbahor») — 800 ming evro
-
Aborbek Ismoilov («Neftchi») — 800 ming evro.
