Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasi futbolchilarining qiymatini yangiladi. Unga ko'ra, “Barselona” vingeri Lamin Yamal 200 million evro bilan chempionatning eng qimmat futbolchisi bo'lib turibdi.

Ikkinchi o'rinni “Real Madrid” futbolchilari — Jud Bellingem va jamoaning frantsiyalik hujumchisi Kilian Mbappe egalladi. Ularning har biri 180 million evroga baholangan.

Umuman olganda, La Liganing eng qimmat 10 ta futbolchisidan 5 nafari “Real Madrid”, 4 nafari “Barselona” va 1 nafari “Atletiko Madrid” klublariga tegishli.

Transfermarkt talqini bo'yicha La Liganing eng qimmat 10 futbolchisi:

1. Lamin Yamal (“Barselona”) — 200 million evro;
2. Jud Bellingem (“Real Madrid”) — 180 million evro;
3. Kilian Mbappe (“Real Madrid”) — 180 million evro;
4. Vinisius Junior (“Real Madrid”) — 150 million evro;
5. Pedri (“Barselona”) — 140 million evro;
6. Federiko Valverde (“Real Madrid”) — 130 million evro;
7. Xulian Alvares (“Atletiko Madrid”) — 100 million evro;
8. Rafinya (“Barselona”) — 90 million evro;
9. Pau Kubarsi (“Barselona”) — 80 million evro;
10. Rodrigo Goes (“Real Madrid”) — 80 million evro.

Manba: daryo.uz