Transfermarkt JCh-2026ni o'tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingini tuzdi

Transfermarkt mutaxassislari o'ziga xos reytingini e'lon qilishdi. Unda shu yozda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida aniq ishtirok etmaydigan eng qimmatbaho futbolchilar ro'yxati tuzib chiqildi. Qayd etish joizki, saralashning pley-off bosqichida qatnashayotgan terma jamoalar a'zolari hozircha bu reytingga kiritilmagan.
Reytingning birinchi pog'onasini «Liverpul» va Vengriya terma jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslai egalladi. Uning bozor qiymati 100 million evroga baholanmoqda. Ikkinchi o'rindan «PSJ» va Gruziya terma jamoasi vingeri Xvicha Kvaratsxeliya joy oldi — uning narxi 90 million evro. Kuchli uchlikni esa Brayan Mbeumo (80 million evro) yakunlab berdi.
Shuningdek, kuchli beshlikka Viktor Osimxen (75 million evro) va Benyamin Sheshko (65 million evro) ham kiritilgan.