Yarim himoyachi Mek «Gremio»dan «Portu»ga o‘tdi

«Portu» yarim himoyachi Gabriyel Mek bilan shartnoma imzoladi.
Bitim 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi.
18 yoshli braziliyalikning oldingi klubi «Gremio» bo‘lib, u asosiy jamoada 2025 yildan beri o‘ynagan.
2026 yilgi mavsumda futbolchi 32 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golga uzatma berdi.
Avvalroq Mekga «Fenerbahche», «Beshiktash» va «Hall Siti» qiziqish bildirgan edi.
Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 16 million yevroga baholaydi, «Portu»ga o‘tishi bo‘yicha bitim summasi esa 11 million yevroni tashkil etadi.
Manba: Sport-Express
Kommentariyalar