Xames Rodriges Kolumbiyalik «Atletiko Nasyonal»ning futbolchisi bo‘ldi

Kolumbiyalik «Atletiko Nasyonal» Xames Rodriges bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
35 yoshli futbolchining so‘nggi klubi MLSdan «Minnesota» bo‘lib, uni u yozda tark etdi.
2026 yil fevralidan Xames «Minnesota» uchun 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golga uzatma berdi.
Bundan avval yarimhimoyachi meksikalik «Leon», «Rayo Valyekano», «San-Paulu», «Olimpiakos», qatarlik «Al-Rayyan», «Everton», «Real», «Bavariya», «Monako», «Portu», «Banfield» va «Envigado» klublarida o‘ynagan.
Shuningdek, Xamesning Kolumbiya terma jamoasi safidagi 131 ta o‘yinda 31 ta goli bor.
Manba: Sport-Express
Kommentariyalar