The Sun: «Everton» Vardini imzolamoqchi

The Sun xabariga ko‘ra, «Everton» hujumchi Jeymi Vardini imzolashga qiziqmoqda.
Manbaga ko‘ra, 39 yoshli ingliz «iriskalar» tomonidan talabga aylandi, chunki ular yozgi transfer oynasida yangi hujumchini topa olishmadi.
«Everton»ning ixtiyorida jami 18 maydondagi futbolchi qoldi.
Vardining avvalgi klubi «Kremoneze» bo‘lgan.
2025/26 mavsumida forvard 29 uchrashuvda 7 gol urdi va 2 golga uzatma berdi.
Italiyadagi klub bilan shartnoma muddati tugagach, Vardi erkin agentga aylandi.
Shuningdek, Vardiga «San-Paulu», «Rexem» va «Vest Xem» qiziqish bildirgan.
Transfermarkt eks-«Lester» va Angliya terma jamoasi o‘yinchisi transfer qiymatini 1 million yevroga baholaydi.
Manba: Sport-Express
Kommentariyalar