TEAMtalk: ingliz klublari Jeydon Sancho imzosini olishga qiziqish bildirmoqda

Hujumchi Jeydon Sancho potentsial o‘tish borasida kamida 2 ta APL klubi bilan muzokaralar olib bormoqda, va so‘nggi hafta mobaynida sobiq «Manchester Yunayted» o‘yinchisiga yangi takliflar kelgani haqida TEAMtalk xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, 2 ta ingliz klubi so‘nggi kunlarda 26 yoshli Londonlikka yangi takliflar berdi, garchi ularning nomlari hozircha oshkor etilmayapti.
85 millionlik transferdan 26 yoshida erkin agentga. Sancho karyerasida nima sodir bo‘lyapti?
Shuningdek, o‘yinchiga Turkiya, Saudiya Arabistoni va BAA klublari ham murojaat qilgan.
Dortmundning «Borussiya» klubi ham qiziqish bildirgani ma’lum.
Sancho erkin agent hisoblanadi. Uning so‘nggi jamoasi «Aston Villa» bo‘lib, u u yerda ijarada «Manchester Yunayted»dan 2025/26 mavsumida o‘ynagan.
Shuningdek, uning karerasida «Chelsi» va «Borussiya» ham bo‘lgan.
Transfermarkt sobiq Angliya terma jamoasi o‘yinchisining transfer qiymatini 18 million yevroga baholaydi.
Manba: Sport-Express
Kommentariyalar