Talksport: «Everton» Marsyal bilan shartnoma imzolashi mumkin

Talksport xabariga ko‘ra, «Everton» hujumchi Antoni Marsyalni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishni ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi hozirda shoshilinch tarzda yangi hujumchini qidirmoqda, chunki jamoada yagona forvard — Tierno Barri qoldi.
30 yoshli fransiyalik Marsyalning so‘nggi klubi «Monterrey» bo‘lib, u yerda 2025 yilning sentyabridan 2026 yilning iyunigacha o‘ynagan.
U 20 o‘yinda 1 ta gol urdi.
Futbolchining karerasida shuningdek AEK, «Manchester Yunayted», «Sevilya», «Monako» va «Lion» klublari ham bo‘lgan.
Transfermarkt Frantsiya termasining sobiq o‘yinchisining transfer qiymatini 3,5 million yevroga baholaydi.
Manba: Sport-Express
Kommentariyalar