Yarim himoyachi Taliska «Al-Jazira» futbolchisi bo'ldi, deb xabar beradi Birlashgan Arab Amirliklari klubining matbuot xizmati.

Shartnoma muddati haqida ma'lumot berilmagan.

32 yoshli braziliyalik 94-raqam bilan o'ynaydi.

3 sentyabrda Taliska «Fenerbahçe» bilan shartnoma bekor qilingach, erkin agentga aylandi.

U 2025 yilning yanvar oyidan boshlab Stambul jamoasida o'ynagan.

Bir yarim yil ichida u 75 o'yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: Sport-Express