Sobiq «Zenit» va Rossiya terma jamoasi darvozaboni Yuriy Lodygin yunon «Volos» futbolchisi bo‘ldi, deb xabar beradi yunon klubining matbuot xizmati.

36 yoshli futbolchi bilan «1+1» sxemasi asosida shartnoma imzolandi.

O‘tgan mavsumda Lodygin yunon «Levadiakos» klubida o‘ynadi.

U 31ta o‘yinda maydonga tushdi, 43ta gol o‘tkazib yubordi va 6 marotaba darvozasini quruq saqladi.

Bundan avval Lodygin ham «Panathinaikos», «PAS Yannina», Tula «Arsenal», turk «Gazisehir», «Zenit» va «Ksanti» klublarida o‘ynagan.

Darvozabon hisobida Rossiya terma jamoasi safida 11ta o‘yin bor.

Manba: Sport-Express