«Sevilya» Fofanani «Milan»dan ijaraga oldi

Fransiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Yussuf Fofana «Milan»dan «Sevilya»ga ijaraga o‘tdi.
Shartnoma bir mavsumga mo‘ljallangan va sotib olish huquqini nazarda tutmaydi.
27 yoshli fransiyalikning milan klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 23 million yevro deb baholaydi.
Bu mavsumda Fofana maydonga tushmadi.
Futbolchining milliy terma jamoa safidagi karerasida 25 ta o‘yini bor.
Shuningdek, «Sevilya» Belgiya hujumchisi Lyuk Stassenning «Sent-Etyen»dan va Portugaliya qanot hujumchisi Feliks Korreyaning «Lill»dan o‘tganini eʼlon qildi.
Ikkala futbolchi ham sotib olish huquqi bilan ijaraga olingan.
Manba: Sport-Express
Kommentariyalar