«Arsenal» yarim himoyachi Andriya Bartishvilini imzolashga yaqin, deb xabar berdi insayder Fabrizio Romano.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, 17 yoshli gruzinning tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgani tasdiqlandi, shartnoma yaqin vaqt ichida imzolanadi.

Bartishvili 2027 yil yozida, unga 18 yosh to‘lganida, «Arsenal»ning birinchi jamoasiga qo‘shiladi.

Bartishvili ijarada Gruziya klubi «Iberia 1999» safida o‘ynagan.

Uning huquqlari «Kolxeti-1913 Poti»ga tegishli.

2026 mavsumida 24 ta o‘yinda futbolchi 2 ta gol urdi.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 1,5 million yevroga baholaydi.

Manba: Sport-Express