«SЭ»ga ma’lum bo‘lishicha, «Rodina» va «Fenerbahçe» o‘rtasida himoyachi Rodrigo Bekao ijara borasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda.

Moskva klubi 30 yoshli braziliyalikning o‘tishi bo‘yicha «Fenerbahçe» bilan kelishib oldi, shu bilan birga hozirda futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari muhokama qilinyapti.

Vaziyat yaqin ikki kun ichida hal bo‘lishi kerak.

2018/19 mavsumida braziliyalik ijarada CSKA safida o‘ynagan.

Moskva klubi himoychini doimiy asosda imzolashni rejalashtirgan edi, lekin u «Udineze»ga o‘tishga qaror qilgan.

Manba: Sport-Express