Riyad Mahrez Qatarning «Al-Shamal» klubiga o‘tadi

«Manchester Siti»ning sobiq yarimhimoyachisi Riyad Mahrez Qatarning «Al-Shamal» klubi futbolchisi bo‘ladi, deb xabar beradi insayder Fabrizio Romano.
Manbaga ko‘ra, 35 yoshli jazoirlik qisqa muddatli shartnoma imzolaydi.
Mahrez Saudiyadagi «Al-Ahli»ni tark etgach erkin agent maqomida.
O‘tgan mavsum Mahrez «Al-Ahli» safida barcha musobaqalarda 44ta o‘yinda maydonga tushdi, 8ta gol urdi va 15ta golli uzatma berdi.
Bundan avval yarimhimoyachi «Manchester Siti», «Lester» va «Le Havre» klublarida o‘ynagan.
Iyul oyida Mahrez Jazoir terma jamoasidagi karerasini yakunlaganini e'lon qildi.
Maxdagi «SE» kanaliga obuna bo‘ling.
Manba: Sport-Express
Kommentariyalar