«Feyenoord» erkin agent, yarim himoyachi Ris Nelson bilan shartnoma imzoladi.

Shartnoma 30 iyun 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

26 yoshli angliyalikning avvalgi jamoasi «Arsenal» bo‘lib, u yerda 2017 yil iyunidan beri o‘ynagan.

Shuningdek, u ijarada «Hoffenxaym», «Feyenoord» (2021–2022 yillarda) va «Fulham»da ham o‘ynagan.

2025/26 mavsumida Nelson ijarada «Brentford»da bo‘lgan — 14 o‘yinda 1 ta gol urib va 1 ta assist qilgan.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 8 million yevroga baholaydi.

Manba: Sport-Express