«Parij Sen-Jermen» Ibraima Mbaye uchun 70 million yevro xohlaydi

RMC Sport xabariga ko‘ra, Parij Sen-Jermen hujumchi Ibraima Mbayeni 70 million yevroga sotishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, Liverpul allaqachon 18 yoshli senegallik bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgan, biroq parij klubining talab qilayotgan summasini to‘lashga tayyor emas.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 30 million yevro deb baholaydi.
2025/26 mavsumida Mbaye barcha turnirlarda 31 o‘yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
2026 yilgi jahon chempionatida u 4 o‘yinda 1 ta gol urdi.
Manba: Sport-Express
Kommentariyalar