Polshalik «Piast Gliwice» «Oser» va Chili terma jamoasi himoyachisi Fransisko Sierralta bilan ijara shartnomasini imzoladi.

Shartnoma 2026/27 mavsumining oxirigacha mo‘ljallangan.

«Gliwice»da mavsum tugagach 29 yoshli futbolchining sport huquqlarini sotib olish opsiyasi bo‘ladi.

Sierralta 2025 yil iyulidan beri «Oser» safida o‘ynaydi, uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Futbolchining karerasida ilgari «Watford», «Empoli», «Parma», «Udinese», «Palestino» va «Universidad Católica» klublari bo‘lgan.

2025/26 mavsumida 11 o‘yinda himoyachi 1 ta gol urdi va 2 ta golga uzatma berdi. Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 1,2 million yevroga baholaydi.

Manba: Sport-Express