Football Insider xabariga ko‘ra, «Liverpul» yozgi muddatgacha transfer bo‘yicha kelisha olmagach, 2026 yil yanvarida «Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Ismaila Sarrni yana imzolashga urinib ko‘rishni ko‘rib chiqadi.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, 28 yoshli senegallik so‘nggi mavsumlarda «Kristal Pelas»dagi o‘yini bilan taassurot qoldirgach, transfer oynasi davomida «qizillar»ning maqsadi bo‘lgan.

Sarrning o‘zi ham hanuz «Liverpul»ga o‘tishni xohlaydi va u yaqin oylar davomida klubning qiziqish doirasida qoladi.

Ammo «Liverpul»ning rejalarі yanvar oynigacha o‘zgarishi mumkin, ayniqsa Kodi Gakpo jamoada qolganini hisobga olganda, uning «Manchester Siti»ga o‘tishi amalga oshmagan.

«Liverpul» Sarrni sotib olish bo‘yicha kamida 2 ta taklif bergan, oxirgisi taxminan 59 million yevro atrofida bo‘lgan, ammo ikkalasi ham «Kristal Pelas» tomonidan rad etilgan.

Sarrning agenti Diyomansi Kamara futbolchiga «Liverpul»ga o‘tishga ruxsat berilmaganidan norozi ekanligini bildirdi va afrikalik futbolchilarning karera ambitsiyalariga hurmat qilishni talab qildi.

Har bir shartnoma ortida inson, karera, orzular va hayotiy tanlov turadi. Futbolchi o‘z kelajagiga ta'sir etuvchi qarorlarda ovozga ega bo‘lishi va hurmat qilinishi kerak.

Sarr 2024 yil avgustidan beri «Kristal Pelas»da o‘ynamoqda, uning shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

2025/26 mavsumida futbolchi 43 uchrashuvda 21 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 45 million yevroga baholaydi.

Manba: Sport-Express