AEK Juan Mariu bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma 30 iyun 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

2025/26 mavsumida 33 yoshli portugaliyalik Juan Mariu AEK safida ijarada o‘ynagan.

31ta o‘yinda u 3ta gol urdi va 1ta golli uzatma berdi.

«Lokomotiv»ning sobiq futbolchisiga bo‘lgan huquqlar «Beshiktaş»ga tegishli edi.

Shuningdek, uning karerasida «Benfika», «Sporting», «Inter», «West Ham» va «Setubal» ham bo‘lgan.

Portugaliya terma jamoasi safida Juan Mariu 56ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol urdi.

Transfermarkt o‘yinchining transfer qiymatini 1,5 million yevroga baholaydi.

Manba: Sport-Express