«Liverpul» va «PSJ» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Sherkiga qiziqish bildirmoqda

«Liverpul» va «PSJ» «Manchester Siti» hujumchi yarim himoyachisi Rayan Sherkiga qiziqish bildirayotganini TEAMtalk xabar qiladi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, agar APL moliyaviy qoidalari buzilgani uchun «Manchester Siti»ga qarshi sanksiyalar qoʻllansa, klub Sherkini unga maqul keladigan narxda sotishga tayyor boʻladi.
Transfer qishda yoki yozda amalga oshishi mumkin.
23 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni shuningdek «Real» va «Chelsi» ham kuzatmoqda.
Joriy mavsumda Sherki barcha turnirlarda sakkizta oʻyinda maydonga tushib, toʻrtta gol urdi va ikki golli uzatma amalga oshirdi.
Uning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt futbolchining qiymatini 90 million yevroga baholaydi.
Maxda «SE» kanaliga obuna boʻling.
Manba: Sport-Express
Kommentariyalar