«Nitsa» himoyachisi Melvin Bard «Lids»ga ijaraga o‘tdi. Kelishuv bir mavsumga mo‘ljallangan va unda sotib olish opsiyasi nazarda tutilgan.

25 yoshli fransiyalik «Lion» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021 yildan buyon u «Nitsa» safida o‘ynaydi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali himoyachining qiymatini 10 million yevro deb baholaydi.

Shuningdek, «Lids» «Ayntraxt»dan hujumchi Jan-Matteo Baoyani ijaraga oldi. Kelishuv sotib olish opsiyasini nazarda tutadi.

21 yoshli fransiyalik 2024 yildan beri nemis klubida o‘ynaydi va uning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 25 million yevro deb baholaydi.

Manba: Sport-Express