Braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutinyo «Santos»ga o‘tdi.

34 yoshli futbolchi San-Paulu shtatidagi klub bilan 2026 yil oxirigacha shartnoma imzoladi.

Koutinyo «Vasko da Gama»ni tark etgach erkin agent maqomida bo‘ldi.

«Santos»da yarim himoyachi Neymar bilan birga o‘ynaydi.

Koutinyo eng ko‘p «Liverpul» va «Barselona»dagi chiqishlari bilan tanilgan.

Shuningdek, braziliyalik «Inter», «Bavariya» va «Aston Villa» klublarida ham o‘ynagan.

Manba: Sport-Express