«IMT» «Lokomotiv» va «Sochi»ning sobiq hujumchisi Kamano bilan shartnoma imzoladi

Belgrad klubi «IMT» hujumchi Fransua Kamano bilan shartnoma imzolagani haqida e'lon qildi; u o‘tgan mavsum «Sochi»da o‘ynagan.
30 yoshli gvineyalik erkin agent maqomida Serbiyaga ko‘chib o‘tdi.
Kelishuv tafsilotlari oshkor etilmayapti.
Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 1,2 million evroga baholamoqda.
«Sochi» safida Kamano barcha musobaqalarda 17ta o‘yinda qatnashib, 2ta gol urdi va 1ta golli uzatma amalga oshirdi.
Shuningdek, u 2020 yildan 2023 yilgacha Rossiyada «Lokomotiv»da o‘ynagan. Qizil-yashillilar safida u 91ta o‘yinda 18ta gol urdi va 6ta golli uzatma amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express
Kommentariyalar