Echeverri ijara asosida «Manchester Siti»dan «Benfikaga» o‘tdi

«Benfika» rasmiy saytida «Manchester Siti»dan ijara asosida yarim himoyachi Klaudio Echeverrining klubga o‘tishi e’lon qilindi.
20 yoshli argentinalik 30-raqam ostida maydonga tushadi.
Ijara shartnomasi futbolchini sotib olish opsiyasini nazarda tutadi.
«Ideal yil — bu jamoa oldida turgan barcha maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan yil. Klubga munosib bo‘lgan sovrinlarni yutish», — dedi Echeverri klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Echeverri «Jirona»da ijara asosida o‘ynadi; u yerda 17 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golga uzatma berdi.
Manba: Sport-Express
Kommentariyalar