«Chelsi» qishgi transfer oynasida «Atletiko» yarimhimoyachisi Pablo Barriosni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Sport.es.

Manbaga ko‘ra, londonlik klub 23 yoshli ispanni jamoani tark etgan Enzo Fernandez o‘rniga ko‘radi va uning transferi uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor.

«Atletiko» Barriosdan ayrilmoqchi emas.

Yarimhimoyachining shartnomasida 500 million yevro miqdoridagi chiqib ketish summasi belgilangan.

O‘tgan mavsumda Barrios barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushdi, bir gol urdi va uchta golga uzatma berdi.

Uning «Atletiko» bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 55 million yevro deb baholaydi.

Manba: Sport-Express