«Real» hujumchisi Endrik 2027 yil yanvar transfer oynasida «Milan»ning asosiy maqsadi bo‘ladi, deb xabar beradi Calciomercato.

Manbaga ko‘ra, italiyalik klub 20 yoshli braziliyalikni 2026 yil yozida sotib olmoqchi bo‘lgan, biroq «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo bunday transferga qat’iyan qarshi chiqqan.

Endi hujumchining yanvarda ijaraga olinishi va sotib olish huquqi bilan ketishi kutilmoqda.

Hozirda Endrik jarohatdan so‘ng tiklanmoqda.

2025/26 mavsumining ikkinchi yarmida hujumchi ijarada «Lion»da o‘ynagan.

U fransuz klubi uchun 21 o‘yinda 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt forvardning qiymatini 40 million yevro deb baholaydi.

Uning «Real» bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.

Manba: Sport-Express