«Aston Villa» rasmiy saytida hujumchi Leon Beylining «Olimpiakos»ga doimiy asosda o‘tgani haqida e’lon qilindi.

29 yoshli yamaykalik 2029 yilgacha shartnoma imzoladi.

Beyli gollar urish hamda jamodoshlariga assist qilish qobiliyatiga ega edi. U yorqin xarakteri tufayli jamoadoshlar va klub xodimlari orasida mashhur edi. «Aston Villa» Beyliga eng yaxshilarini tilaydi.

— Ingliz klubining matbuot xizmati yozdi.

Yamaykalik vinger 2021 yilda «Bayer»dan «Aston Villa»ga o‘tgan. Umuman olganda u ingliz klubi safida 163ta o‘yinda maydonga tushdi, 23ta gol urdi va 25ta samarali uzatma amalga oshirdi.

Manba: Sport-Express