Bild xabariga ko‘ra, «Bavariya» «Fulxem» darvozaboni Bernd Leno bilan shartnoma imzolashni niyat qilmoqda.

Manba maʼlumotiga ko‘ra, «Bavariya» 34 yoshli nemisni 2027/28 mavsumida Yonas Urbig pozitsiyasida zaxira variant sifatida ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Leno bilan «Fulxem» o‘rtasidagi shartnoma 2027 yil yozigacha tuzilgan, ammo London klubi uni yana bir yilga uzaytirish opsiyasiga ega.

Shu bilan birga, darvozabon Myunxenga ko‘chib o‘tishga qarshi bo‘lmas edi — Germaniyaga qaytishi unga oilasiga yaqinroq bo‘lish imkonini berardi.

Leno «Bayer»dagi o‘yinlari bilan tanilgan: u avval «Shtutgart»dan ijarada o‘ynagan, keyin esa asosiy darvozabonga aylangan.

2018 yilda u «Arsenal»ga o‘tgan, u yerda 4 mavsum o‘tkazgan, 2022 yilda esa «Fulxem»ga qo‘shilgan.

Germaniya terma jamoasi safida Leno 2016 yilda debyut qilgan va 9 ta o‘yinda maydonga tushgan.

2025/26 mavsumida 38 uchrashuvda darvozabon 51 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 6 million yevroga baholaydi.

Maxdagi «SE» kanaliga obuna bo‘ling.

Manba: Sport-Express