Sport.es xabariga ko‘ra, «Barselona» 20 yoshli «Shtutgart» himoyachisi Finn Yelchga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik bir necha oydan beri Yelchni kuzatayapti va uni kelasi mavsumda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Futbolchining vakillari allaqachon «Barselona» bilan bog‘langan.

Himoyachiga «Liverpul», «Real», «Inter», «Yuventus», «Arsenal» va «Bavariya» ham qiziqish bildirgan.

Yelch 2025 yilda «Shtutgart»ga «Nyurnberg»dan ko‘chib o‘tgan.

2026/27 mavsumida u to‘qqizta o‘yin o‘tkazdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million yevroga baholaydi.

Manba: Sport-Express