«Ayaks» rasmiy saytida «Sanderlend»dan hujumchi Simon Adingrani ijaraga olganini e'lon qildi.

Shartnoma bir mavsumga mo'ljallangan va futbolchini sotib olish opsiyasini nazarda tutadi.

«Simon tezlik, chuqurlik va kuchli xarakter olib keladi. Aynan shunday profilga ega futbolchini biz qidirayotgan edik. U darhol o'yinimizga o'tkirlik qo'sha oladigan sifatlarga ega. Shu sababli biz uning «Ayaks»ni tanlagani va bizning rejamizga ishonishi bilan xursandmiz», — dedi Amsterdam klubining sport direktori Yordi Kroyf.

24 yoshli ivuarolik o'tgan mavsum ijarada «Monako» safida o'ynagan.

U 17 uchrashuvda 3 gol urdi va 2 golli uzatma amalga oshirdi.

2026 yilgi Jahon chempionatida forvard bitta o'yinda qatnashdi.

Manba: Sport-Express