«Aston Villa» sobiq «Bavariya» yarimhimoyachisi Leon Goretzka transferi borasida muzokaralar olib bormoqda, deb X ijtimoiy tarmog‘ida jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.

31 yoshli nemis «Bavariya»ni tark etgach, erkin agent maqomida.

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar allaqachon davom etmoqda.

Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 12 million yevroga baholaydi.

O‘tgan mavsumda Goretzka barcha turnirlarda 48 uchrashuvda maydonga tushdi, 5 ta gol urdi va 5 ta golga uzatma berdi.

2026 yil yozining eng elit erkin agentlari. Salah, Alaba, Sancho, Goretzka va boshqalar

Manba: Sport-Express