APL klublari 2026 yil yozgi transfer oynasida rekord 3,5 milliard funt sarfladi

2026 yil yozgi transfer oynasi Angliya Premer-ligasi uchun mutlaq rekord bilan yakunlandi: yuqori divizionning 20 klubi futbolchilarni sotib olishga 3,49 milliard funt (taxminan 4,12 milliard yevro) sarfladi, deb xabar qiladi BBC.
Manbaga ko‘ra, bu besh yil oldingiga nisbatan ancha ko‘p edi, o‘shanda xarajatlar summasi 1,13 milliard funtni tashkil etgan.
Transfer oynasining so‘nggi kunida (deadline day) 506,5 million funt sarflangan — yana bir rekord ko‘rsatkich.
Taqqoslash uchun: bir yil oldin yopilishdan bir kun avval xarajatlar 391 million funtni tashkil etgan edi.
Eng qimmat bitim yarim himoyachi Enzo Fernandezning «Chelsi»dan «Manchester Siti»ga 125 million funt evaziga o‘tishi bo‘ldi.
Bu futbol tarixidagi eng qimmat beshinchi transfer.
Manba: Sport-Express
Kommentariyalar