«Bernli» Jeymi Vardi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

39 yoshli ingliz bilan tuzilgan kelishuv 2026/27 mavsumining oxirigacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda Vardi Italiya Seriya A'sida «Kremoneze» safida o‘ynadi. U 29 ta o‘yinda maydonga tushdi, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Bundan oldin Vardi 14 yil «Lester»da o‘ynagan va u bilan 2015/16 mavsumida Angliya Premer-Ligasi chempioni bo‘lgan.

«Bernli» 2025/26 mavsumida Angliya Premer-Ligasidan Chempionshipga tushib ketdi. 5 turdan so‘ng jamoa 2 ochko bilan turnir jadvalida oxirgi, 24-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: Sport-Express