«Xall Siti» yozgi transfer oynasining oxirida ikki yarim himoyachining transferi haqida e’lon qildi. Ingliz klubiga 19 yoshli yunon Xristos Muzakitis «Olimpiakos»dan va 27 yoshli Sorba Tomas «Stok»dan qo‘shildi.

Muzakitis «Olimpiakos» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoa safida 78 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va yetti golga uzatma amalga oshirdi. Tomasning hisobida «Stok» safida 52 ta o‘yinda 10 ta gol va 15 ta golga uzatma bor. U 2025 yil yozidan beri jamoa uchun o‘ynagan.

Ikki turdan so‘ng «Xall Siti» 6 ochko bilan APLda «Manchester Siti», «Chelsi» va «Arsenal» bilan peshqadamlikni bo‘lishmoqda.

Manba: Sport-Express