Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Argentina terma jamoasining 39 yoshli hujumchisi Lionel Messining darajasiga baho berdi.

«U haqida «Peledan yaxshiroq» deb ayta oladigan yagona futbolchimdir. Messining o'yinini tomosha qilish odamga zavq bag'ishlaydi», — deya Trampning so'zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.

Avvalroq Argentina terma jamoasi Iordaniyani 3:1 hisobida mag'lub etib, birinchi o'rin bilan Jahon chempionati — 2026 pley-off bosqichiga yo'l olgan edi. Guruh bosqichining barcha uchta uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo'lgan Lionel Messi ushbu bahsda ham gollardan biriga mualliflik qildi.

Ayni damda Messining hisobida joriy mundialdagi 6 ta gol mavjud. U turnirning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

Manba: Stadion.uz